FLYONE Asia — sayyohlik agentliklari iftorligining bosh hamkori
13-mart kuni FLYONE Asia va Easybooking hamkorligida turizm sohasi vakillari uchun iftorlik tashkil etildi. Tadbirda 180 dan ortiq sayyohlik agentliklari qatnashib, soha ichida professional aloqalarni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim platformaga aylandi.
Iliq va do‘stona muhitda o‘tgan uchrashuv davomida ishtirokchilar yangi hamkorlar bilan tanishish, turizm bozoridagi dolzarb masalalarni muhokama qilish hamda tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bunday uchrashuvlar turizm sohasining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yangi hamkorlik imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi.
FLYONE Asia kompaniyasi hamkori Easybooking jamoasiga hamda tadbirda qatnashgan barcha ishtirokchilarga turizm hamjamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi va faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiradi.
Biz har doim yangi g‘oyalar, qo‘shma loyihalar va istiqbolli tashabbuslar uchun ochiqmiz.
✈️ Birgalikda yanada ko‘proq sayohat imkoniyatlarini yaratamiz!



