Qoida va shartlar

 

www.flyone.eu veb-saytidan foydalanishning umumiy shartlari

FLYONE ta'rifi


FLYONE bu FLY ONE SRL (Moldovada ro‘yxatdan o‘tgan aviakompaniya, IDNO 1015600032640 VTA 0308195 bosh ofisi: Kishinyov shahri, Grenobl ko‘chasi 259/2) va uning sho‘ba korxonalari (1) FLYONE ARMENIA MChJ (Avkompaniya Armanistonda ro‘yxatdan o‘tgan V14182, V168TA. 0 0496069 bosh ofisi: Yerevan shahri, Dzavaryan ko'chasi, 3a, Kentron, (2) FLYONE AIRLINES MChJ (Ruminiyada ro'yxatdan o'tgan kompaniya) va/yoki (3) FLY ONE MChJning sho'ba/afillangan korxonasidir.

Sayt FLYONE kompaniyasiga tegishli va u tomonidan boshqariladi. Ushbu Umumiy qoidalar va shartlar www.flyone.eu veb-saytidan potentsial tashrif buyuruvchilar yoki mijozlar tomonidan foydalanish shartlarini belgilaydi. Ushbu veb-saytga kirish va uni ko'rib chiqish orqali siz quyida tavsiflangan foydalanish shartlarini qabul qilasiz.

SHARTLARNI QABUL QILISh

Ushbu veb-saytga va/yoki uning har qanday sahifasiga kirish orqali siz foydalanish qoidalari va shartlariga rozilik bildirasiz.

XIZMATLAR TAVSIFI

Saytda FLYONE mahsulotlari va xizmatlari, shuningdek, parvozlar va bronlarni boshqarish bilan bog'liq xizmatlarni sotib olish haqida ma'lumot ko’rsatilgan.

SAYT KONTENTI (MAZMUNI)GA BO’LGAN HUQUQLAR

www.flyone.eu saytining barcha mazmuni mualliflik huquqi qonuni bilan himoyalangan, barcha huquqlar himoyalangan. Veb-sayt sahifalari, mazmuni va ko'rinishi bo'yicha barcha huquqlar FLYONE kompaniyasiga tegishli. FLYONE kompaniyasining yozma roziligisiz nusxa ko'chirish, o'zgartirish, ko'rsatish, tarqatish, uzatish, nashr qilish, tijoratlashtirish, litsenziyalash, undan materiallar yaratish yoki sayt mazmunidan istalgan maqsadda foydalanish taqiqlanadi. Ushbu saytda mavjud bo'lgan barcha ma'lumotlar FLYONE kompaniyasining mulki bo'lib, u istalgan vaqtda sayt mazmunini va/yoki tuzilishini oldindan ogohlantirmasdan o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi.

Logotip, shuningdek, saytning boshqa elementlari FLYONE kompaniyasining intellektual mulki hisoblanadi. FLYONE kompaniyasining intellektual mulki bo'lgan sayt materiallaridan foydalanish, namoyish qilish, tarqatish va hokazolar bo'yicha har qanday harakatlar qonun bilan taqiqlanadi va qonun hujjatlariga muvofiq jazolanadi.

www.flyone.eu saytiga kirish va foydalanish bepul. Sayt foydalanuvchilarga kerakli ma'lumotlarni eng oson va tezkor tarzda topishga yordam berish uchun yaratilgan.

JAVOBGARLIKDAN VOZ KECHISH

FLYONE veb-saytdan foydalanish natijasida yetkazilgan bevosita yoki bilvosita zararlar uchun javobgar bo'lmaydi. www.flyone.eu xizmatlari, narxlari, ma'lumotlari, kampaniyalari va marketing harakatlari, texnik jihatlari haqida veb-saytda taqdim etilgan barcha ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun taqdim etiladi. www.flyone.eu veb-saytida mavjud bo'lgan hech narsa shartnoma tuzish uchun qat'iy taklif bo'la olmaydi va keyingi kelishuvlar bo'lmagan taqdirda Amigio uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

SAYTNING MAQSADI

Sayt tarkibining maqsadi yangilangan va aniq ma'lumotlarni yetkazishdir. FLYONE taqdim etilgan sahifalarda xatolik yo‘qligiga kafolat bera olmaydi, lekin kompaniya to‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etish va xatolarni tuzatish uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni ko’rishini kafolatlaydi.

BOSHQA SAYTLAR BILAN BOG’LIQLIK

Saytda FLYONE sayt mazmuniga nisbatan foydali deb hisoblagan va uning nazorati yoki boshqaruvi ostida bo'lmagan boshqa saytlarga havolalar bo'lishi mumkin. Ushbu havolalardan foydalanilganda, ushbu saytlarga mos keladigan umumiy foydalanish shartlari qo'llaniladi. FLYONE o'z saytida havola qilingan uchinchi tomon saytlarida taqdim etilgan ma'lumotlarning dolzarbligi/to'g'riligini kafolatlay olmaydi/nazorat qila olmaydi.

SAYTDA TAQDIM ETILGAN MA'LUMOT

www.flyone.eu veb-saytiga tashrif buyurgan va ushbu sayt orqali shaxsiy ma'lumotlar yoki ma'lumotlarni taqdim etadigan har qanday shaxs quyidagilarga roziligini bildiradi: FLYONE tomonidan ushbu ma'lumotlar va shaxsiy ma'lumotlarga ishlov berish; reklama (marketing) materiallarini qabul qilish; FLYONE tomonidan amalga oshiriladigan va qonun tomonidan ruxsat etilgan, oluvchi tomonidan tasdiqlanmaydigan boshqa harakatlar.

FLYONE ushbu ma'lumotni maxfiy saqlaydi. 

Saytdan foydalanish va foydalanishni himoya qilish bo'yicha huquqlaringizni amalga oshirish bilan bog'liq har qanday savollar uchun saytning "Kontaktlar" bo'limi orqali biz bilan bog'laning.