Elektron qurilmalar

ELEKTRON QURILMALAR

Mobil telefonlar, smartfonlar, noutbuklar, CD va DVD pleerlar, portativ televizorlar, radiolar va boshqalar kabi elektron qurilmalar samolyotning parvozlarni boshqarish tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shuning uchun parvoz paytida ulardan foydalanmasligingizga ishonch hosil qiling.

Eslatma:
  • Samolyotni tezlashtirish, uchish va qo'nish vaqtida har qanday elektron qurilmalardan foydalanish qat'iyan man etiladi.
  • Havo kemasining navigatsiya uskunalari va radioaloqalarining normal ishlashini buzishi mumkin bo'lgan yuqoridagi qurilmalarning salbiy ta'siriga shubha tug'ilganda, avialayner kapitani yo'lovchilardan har qanday elektron qurilmadan foydalanishni to'xtatishni talab qilishga haqli.
  • Mobil telefonlar qayerda saqlanishidan qat'i nazar - bagajda yoki qo'l yukida o'chirilishi kerak.