Sovg’a vaucheri - Foydalanish shartlari

FLYONE VAUCHERIDAN FOYDALANISH QOIDALARI VA SHARTLARI

FLYONE vaucheridan aviachiptalarni bron qilish uchun foydalanish mumkin.

  1. Ta'riflar

    Yo'lovchi: Nomi bronda yo'lovchi sifatida ko'rsatilgan FLYONE havo transporti xizmatlaridan foydalanuvchi.

    Mijoz: yo'lovchi yoki FLYONE vaucherini sotib oluvchi boshqa shaxs.

  2. FLYONE vaucherlarining narxi

    Vaucherlar narxi: 50 evro, 100 evro, 150 evro, 200 evro, 250 evro, 300 evro, 350 evro, 400 evro, 450 evro va 500 evro.

  3. FLYONE vaucherlari yordamida sotib olinadigan aviachiptalar

    FLYONE vaucherlaridan FLYONE tomonidan amalga oshiriladigan har qanday rejali reysga chiptalar sotib olish uchun foydalanish mumkin. FLYONE vaucherlaridan faqat flyone.eu saytida foydalanish mumkin

  4. FLYONE vaucherlarini sotib olish va ulardan foydalanish
    1. Vaucherlarni turli maqsadlar uchun sotib olish mumkin:

      • Sovg'a sertifikati
      • Yubiley kuponi
      • Maxsus kun uchun vaucher
    2. Vaucher sotib olayotganda Mijoz ushbu vaucherni taklif qilmoqchi bo'lgan shaxsning ismini ko'rsatadi.
    3. FLYONE vaucherlari FLYONE reyslarini (jumladan, majburiy to‘lovlar, komissiyalar va xarajatlar), shuningdek, bron qilingan aviachipta bilan sotib olingan (faqat bronlash jarayonida) va bron qilish jarayonida mavjud bo‘lgan qo‘shimcha xizmatlarni (masalan: bolalar uchun to‘lov, bortga chiqish ustuvorligi, oyoqlar uchun qo’shimcha joy, bagaj to‘lovi) to‘lash uchun ishlatilishi mumkin.
    4. FLYONE vaucherini bron qilish jarayonida ko‘rinmaydigan xizmatlarni xarid qilish uchun ishlatib bo‘lmaydi.
    5. Agar FLYONE vaucherining qiymati parvoz va qo‘shimcha xizmatlarning (agar mavjud bo‘lsa) to‘liq narxini qoplamasa, siz bank kartasidan foydalangan holda qo‘shimcha to‘lovni amalga oshirishingiz kerak. Agar vaucher qiymati parvoz va qo‘shimcha xizmatlarning umumiy qiymatidan oshib ketgan bo‘lsa, qolgan summani keyingi reysga ishlatish mumkin. Vaucher summa tugamaguncha amal qiladi.
    6. FLYONE vaucheridan FLYONE vaucherida ko‘rsatilganidan valyutadan farqli bo’lgan boshqa valyutada bron qilish uchun foydalanishingiz mumkin. Tanlangan aviachiptalar va xizmatlarning narxi bron qilish vaqtida to‘lov uchun tanlangan valyutaga, bron qilish vaqtida FLYONE tomonidan qo‘llanilgan kurs bo‘yicha konvertatsiya qilinadi.
  5. Vaucherlarning amal qilish muddati.
    1. FLYONE vaucherlaridan summa tugamaguncha foydalanish mumkin. Sayohat vaucher sotib olingan kundan boshlab 12 oy ichida bajarilishi kerak. Aks holda, bu vaqtdan keyin vaucher o'z kuchini yo'qotadi. FLYONE vaucherlarining amal qilish muddati uzaytirilishi mumkin emas. FLYONE vaucherlari qaytarilmaydi va o‘zgartirilmaydi.
  6. Boshqa shartlar
    1. Flyone vaucherlarni tijorat maqsadlarida, xususan, auksionlarda yoki boshqa vositalar bilan taklif qilishni taqiqlaydi.
    2. Buyurtmachi ushbu reglament shartlariga rozi bo’ladi.
    3. FLYONE ushbu shartlarni istalgan vaqtda oldindan ogohlantirmasdan o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi. FLYONE barcha yo'lovchilarni ushbu o'zgarishlar haqida veb-sayt (flyone.eu) orqali xabardor qiladi.
    4. FLYONE vaucherdan noto'g'ri foydalanish, uning yo'qolishi yoki Mijoz va/yoki Yo'lovchidan boshqa biron – bir shaxs tomonidan oshkor etilishi natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgar bo’lmaydi.
    5. Ushbu shartnoma Moldova Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tuziladi va amalga oshiriladi.