Joriy yilning aprel oyidan boshlab FLYONE Asia aviakompaniyasi Toshkentdan Moskva, Yekaterinburg va Qozon shaharlariga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Yangi yo‘nalishlar yo‘lovchilarga biznes safarlar, turizm va shaxsiy sayohatlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Reyslar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
• Moskva (Vnukovo) — dushanba va juma kunlari
• Yekaterinburg — dushanba va juma kunlari
• Qozon — seshanba va shanba kunlari
Yangi parvoz dasturi qulay va zamonaviy aviaqatnovni ta’minlab, yo‘lovchilarga safarlarini samarali rejalashtirish imkonini beradi.
Chiptalar FLYONE Asia rasmiy sayti va mobil ilovasida mavjud.



